top of page
검색
  • 작성자 사진ICAS HUFS

러시아 부총리 세르게이 이바노브 우즈베키스탄 공식방문



O‘zA, 31.03.2010 21:22

 3월 31일 우즈베키스탄 대통령 궁에서  대통령 이슬람 까리모프와 러시아 부총리 세르게이 이바노브와의 만남이 이루어졌다. 대통령은 지난 3월 29일 모스크바에서 발생한 테러로 인하여 사망한 무고한 시민들과 러시아 정부에 깊은 조의를 표하였으며, 우즈베키스탄과 러시아의 관계가 다양한 분야에서 더욱 확고하게 자리잡아 가고 있음을 강조하였다.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 31 mart kuni Oqsaroyda Rossiya Federatsiyasi hukumati Raisining o‘rinbosari Sergey Ivanovni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, joriy yil 29 mart kuni Moskva metrosida sodir etilgan terrorchilik harakatlari oqibatida tinch aholi vakillari halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi rahbariyati va xalqiga yana bir bor hamdardlik bildirdi. Prezidentimiz O‘zbekiston-Rossiya munosabatlari haqida to‘xtalar ekan, bu munosabatlar ko‘plab sohalarda yuksak darajada barqaror rivojlanib borayotganini ta’kidladi.

“Xalqlarimiz o‘rtasidagi uzoq tarixga ega an’anaviy do‘stlik va hamkorlik aloqalari O‘zbekistonda yuksak qadrlanadi. O‘zbekiston Rossiya bilan ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarning hali to‘la va samarali foydalanilmayotgan ulkan salohiyatini ishga solishga doimo tayyor. Shu bois hukumatlararo komissiyaning bu galgi majlisini hamkorlikning ikki tomon ham manfaatdor bo‘lgan strategik muhim yo‘nalishlarini belgilash uchun yaxshi imkoniyat, deb bilamiz”, dedi davlatimiz rahbari.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik mashinasozlik, energetika, elektrotexnika va farmatsevtika sohalarini qamrab olgan. Bunda neft-gaz, tog‘-kon va metallurgiya sanoati ustuvor yo‘nalish etib belgilangan. Telekommunikatsiya, kimyo, qurilish, to‘qimachilik va sayyohlik sohalarida ham hamkorlik uchun katta imkoniyatlar mavjud.

Ikki tomonlama kelishuvga binoan, istiqbolli yo‘nalishlarni o‘zaro hamkorlikda rivojlantirish imkoniyatlarini belgilab beradigan O‘zbekiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasi faoliyat yuritmoqda.

Oqsaroydagi uchrashuvda Sergey Ivanov samimiy qabul uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi bilan turli sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini alohida ta’kidladi.

Muloqot chog‘ida davlatimiz rahbarining Rossiya Federatsiyasiga tashrifiga tayyorgarlikning borishiga doir hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi



작성일 : 2010. 03. 31

조회수 0회

최근 게시물

Comments


bottom of page