top of page
검색
  • 작성자 사진ICAS HUFS

스위스 연방 외무부 장관 우즈베키스탄에 방문



Oqsaroyda qabul

O‘zA, 08.10.2009 19:16

* 우즈베키스탄의 이슬람 카리모프 대통령은 10월 8일 백악관에서 스위스 연방의 Mishlin Kalmi-Rey 외무부 장관의 우즈베키스탄 방문을 환영했다. 카리모프 대통령은 이번 스위스 연방의 외무부 장관과의 면담이 두 국가의 관계가 지속적으로 발전해 나가고 있음을 확인하고, 양국의 우호 협력에 관한 다양한 문제들에 대한 의견을 나누기 위한 자리임을 알렸다. 한편 스위스 연방은 유럽 국가들 중 가장 먼저 타슈켄트에 대사관을 개설한 국가들 중 하나이다.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 8 oktabr kuni Oqsaroyda Shveysariya Konfederatsiyasining Federal maslahatchisi, Federal tashqi ishlar departamenti rahbari Mishlin Kalmi-Rey xonimni qabul qildi.

Mamlakatimiz rahbari O‘zbekiston-Shveysariya munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini, ushbu uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikka oid turli masalalar yuzasidan fikr almashish uchun qulay imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Shveysariya Yevropa davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib Toshkentda o‘z diplomatik vakolatxonasini ochgan. Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik, sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoyalash, ikki tomonlama soliqdan qochish to‘g‘risidagi qator hukumatlararo bitimlarga asoslanadi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida eng ko‘p qulaylik yaratish tizimi joriy qilingan.

O‘zbekistonda Shveysariya sarmoyasi ishtirokida yuzga yaqin qo‘shma korxona tuzilgan. Ushbu mamlakatning 35 firma va kompaniyasi yurtimizda o‘z vakolatxonasini ochgan. Toshkentda 1995 yildan buyon “Kredi Sviss” banki vakolatxonasi ish yuritadi.

Texnikaviy-moliyaviy va gumanitar hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatga binoan qo‘shma ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘tgan yillar davomida milliy va mintaqaviy ahamiyatga molik yigirmadan ziyod loyiha hayotga tatbiq etildi, o‘ndan ortiq loyihaning ijrosi davom etmoqda. Bu loyihalar suv va issiqlik ta’minoti tizimlarini barpo etish va ta’mirlash, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish kabi sohalarni qamrab olgan.

Muloqot chog‘ida dolzarb xalqaro siyosiy va mintaqaviy muammolar ham muhokama qilindi.

Oqsaroydagi uchrashuvda Mishlin Kalmi-Rey samimiy qabul uchun mamlakatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi, Shveysariya O‘zbekiston bilan hamkorlikni yuksak qadrlashi va izchil rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidladi.



작성일 : 2009. 10. 08

조회수 0회

최근 게시물

bottom of page