top of page
검색

우즈베키스탄 "대통령에게 쓴 편지" 2권 출간

작성자 사진: ICAS HUFSICAS HUFS


“Prezidentga maktublar” kitobining ikkinchi jildi

O‘zA, 09.10.2009 19:29

* "대통령에게 쓴 편지" 책의 두번째 권이 출판되었다. "대통령에게 쓴 편지"의 1권은 2006년에 출판되어, 1991년부터 2005년 까지 국내, 해외 거주 우즈베키스탄 인들이 이슬람 카리모프 대통령에게 보낸 약 1000여개의 편지와 이에 대한 대통령의 답장 중 일부를 선별하여 싣고 있다.

“Ma’naviyat” nashriyoti tomonidan “Prezidentga maktublar” kitobining ikkinchi jildi chop etildi.

Ma’lumki, bu kitobning birinchi jildi 2006 yilda nashr qilinib, unga 1991-2005 yillar mobaynida mamlakatimiz va chet el fuqarolari tomonidan Prezident Islom Karimov nomiga yo‘llangan minglab maktub va nomalar hamda ularga Yurtboshimiz yo‘llagan javoblarning tanlab olingan eng e’tiborli namunalari kiritilgan edi.

So‘nggi yillarda diyorimizda islohot va o‘zgarishlar jarayoni yangi bosqichga ko‘tarilib, xalqimiz o‘zining fidokorona mehnati bilan barcha soha va tarmoqlarda yuksak marra va yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Tabiiyki, ana shu yutuqlarning barchasi yurtdoshlarimizning fikru zikri, intilish va kayfiyatining ko‘zgusi bo‘lgan, davlatimiz rahbari nomiga yo‘llangan ko‘plab xatlarda o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda. Keng jamoatchilikni ana shunday fikr-mulohazalar bilan tanishtirish maqsadida chop etilgan “Prezidentga maktublar” kitobining ikkinchi jildidan 2005-2009 yillar davomida Yurtboshimiz nomiga mamlakatimiz va xorijiy davlatlar fuqarolari hamda nufuzli xalqaro tashkilotlarning rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari tomonidan kelgan xatlar va ularga javob maktublaridan ayrim namunalar o‘rin olgan.

“Ma’naviyat ziyosi”, “Savob ishni har kim qilishi kerak, savob ishni har kun qilish kerak” hamda “Dunyo e’tibori va ehtiromi” deb nomlangan bo‘limlardan tashkil topgan ushbu to‘plam O‘zbekiston Prezidentining yuksak mas’uliyati, serqirra faoliyati haqida kitobxonlar tasavvurini yanada kengaytirib, mamlakatimizning ichki va tashqi siyosati, yurtdoshlarimizning kundalik hayoti, quvonchu tashvishlariga oid eng dolzarb masalalar yuzasidan vatandoshlarimiz, xalqaro jamoatchilik vakillari bilan olib borilayotgan doimiy va samimiy muloqotlar to‘g‘risida yangi ma’lumotlar berishga xizmat qiladi.



작성일 : 2009. 10. 09

조회수 1회

Comments


bottom of page