우즈베키스탄, 에너지와 관련된 또 다른 국제기구에 가입하다
- ICAS HUFS
- 2024년 4월 1일
- 1분 분량
NewsUz.Com. O‘zbekiston energiya bo‘yicha yana bir xalqaro tashkilotga qo‘shildi. Mamlakat tashqi ishlar vazirligi axborot agentligining 22 iyun kuni ma'lum qilishicha, Qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha Xalqaro agentlik (IRENA) Nizomini imzolash marosimi Germaniyada o‘tgan. Hujjatni mamlakat nomidan O‘zbekistonning Berlindagi elchisi B.G‘ulomov imzolagan.
IRENA saytiga ko‘ra, O‘zbekiston xalqaro tuzilmaga bir yuz to‘rt davlat bo‘lib qo‘shilgan.
IRENAni tashkil etish tashabbusi Germaniya tomonidan ilgari surilgan. 2009 yilning 26 yanvarida shu mamlakatning Bonn shahrida agentlikning ta'sis konferensiyasi bo‘lib o‘tgan.
"IRENAning asosiy vazifasi sanoati rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga qayta tiklanuvchi energiya sohasida maslahatlar berish, ularga energiyaning mazkur manbalarini joriy etishda ko‘maklashishdan iborat" deb xabar beradi tashqi siyosat mahkamasi. Agentlik o‘z a'zolariga qayta tiklanuvchi energiya sohasini rivojlantirish borasida umumiy kelishuvlarni yaratishga ham yordam ko‘rsatadi.
Ayni paytda qayta tiklanuvchi energiya manbalari masalasi global miqyosda muhokama etilyapti. IRENA agentligi ham xalqaro darajadagi chigalliklarni yechish, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan. Agentlik bosh qarorgohi ham ushbu g‘oya tashabbuskori bo‘lgan Germaniyada bo‘lishi kutilyapti. Joriy yil 29-29 iyun kunlari Misrning Sharm-ash-Shayx shahrida agentlik tayyorlov komissiyasining majlisi o‘tkaziladi. Unda muassasaning bosh qarorgohi joylashadigan shahar belgilanadi, unga rahbar tayinlanadi.
* 사진: 주독일 우즈베키스탄 대사 B.G‘ulomov 가 계약서에 서명 중 (http://irena.org fotosi)
출처: NewsUz.Com
작성일 : 2009. 06. 23

![[우즈베키스탄] 우즈벡네프트가스·소카르, 우스튜르트 고원서 공동 탐사·생산 착수](https://static.wixstatic.com/media/8b6669_4f16b93f2ec24bf2ac14f33cef87bdb2~mv2.jpg/v1/fill/w_710,h_400,al_c,q_80,enc_avif,quality_auto/8b6669_4f16b93f2ec24bf2ac14f33cef87bdb2~mv2.jpg)
![[투르크메니스탄] 투르크메니스탄 대표단, 두바이에서 열린 ‘Big 5 Global 2025’ 국제 전시회 및 컨퍼런스 참가](https://static.wixstatic.com/media/8b6669_6e3e8cdeaa004cc39b95e22e48d32f00~mv2.png/v1/fill/w_980,h_523,al_c,q_90,usm_0.66_1.00_0.01,enc_avif,quality_auto/8b6669_6e3e8cdeaa004cc39b95e22e48d32f00~mv2.png)
![[우즈베키스탄] 사마르칸트, 전 세계 예술 명인들을 환영하다](https://static.wixstatic.com/media/8b6669_a7c662bcef7b4b229704fe142cecfde1~mv2.png/v1/fill/w_980,h_652,al_c,q_90,usm_0.66_1.00_0.01,enc_avif,quality_auto/8b6669_a7c662bcef7b4b229704fe142cecfde1~mv2.png)
댓글