top of page
검색
작성자 사진ICAS HUFS

카자흐스탄 대통령 누르술탄 나자르바예프 우즈베키스탄 공식 방문



19.03.2010 11:08

우즈베키스탄 대통령 이슬람 카리모프의 초청에 따라 2010년 3월 16-17일 카자흐스탄 대통령 누르술탄 나자르바예프은 우즈베키스탄을 공식 방문하였다.

우즈베키스탄, 카자흐스탄 양국 대통령은 양국 간의 관계 발전에 있어 중요한 문제들과 중앙아시아 지역과 그 주변국들에 관한 국제 문제들을 다방면에서 협의하고, 국가 이익과 다방면의 협력관계를 더욱 깊이하기 위하여 양국의 노력이 이루어지고 있다는 점을 인정하였다. 우즈베키스탄, 카자흐스탄은 1998년 10월 31일 서명한 지속적인 우호관계에 관한 계약 조항들을 실현해왔으며, 양국 대표는 민족간의 역사적, 문화적 측면을 바탕으로 아래와 같은 조항들 또한 서술하였다.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning taklifiga binoan 2010 yil 16-17 mart kunlari Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti N.A.Nazarboyevning O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tdi.

Davlatlar rahbarlari O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarini rivojlantirishning muhim masalalarini, Markaziy Osiyo mintaqasidagi va uning atrofidagi vaziyatni, shuningdek, o‘zaro qiziqish uyg‘otadigan dolzarb xalqaro muammolarni har tomonlama muhokama qilib, davlatlararo muloqotning erishilgan darajasidan mamnun ekanliklarini izhor etib va milliy manfaatlar va hozirgi sharoitni hisobga olgan holda, har tomonlama hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishga ikki tomon ham intilayotganini tasdiqlab, O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida 1998 yil 31 oktabrda imzolangan Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalariga amal qilib, ikki mamlakat xalqlarining tarixiy va madaniy mushtarakligidan kelib chiqib, quyidagilarni bayon qiladilar:

1. Davlatlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida oliy darajadagi muloqotni rivojlantirish va chuqurlashtirishga, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama xususiyatga ega bo‘lgan dolzarb masalalar bo‘yicha ochiq fikr almashishga, ikki davlat xalqlarining tub manfaatlariga mos keladigan, Markaziy Osiyo mintaqasini barqaror rivojlantirish hamda xalqaro va mintaqaviy barqarorlikning muhim omili hisoblangan yo‘nalishlarni birgalikda belgilashga va samarali hamkorlikka muhim ahamiyat qaratadilar.

2. Prezidentlar ikki tomonlama hamkorlik va O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida 2007-2016 yillarga mo‘ljallangan Iqtisodiy hamkorlik strategiyasini izchil amalga oshirish mexanizmlarini rivojlantirishda ikki davlatning intilishlarini ta’kidlaydilar.

3. Tomonlar ikki tomonlama savdo sohasida ijobiy tendensiya mavjudligini qayd etib, o‘zaro investitsiyalarni va banklararo aloqalarni rag‘batlantirish, shuningdek, tranzit va tranzit kommunikatsiyalarini rivojlantirish borasida samarali hamkorlikni ta’minlash orqali eng qulay sharoitlar yaratib berishda ko‘maklashish niyatida ekanliklarini bayon qiladilar.

Tomonlar Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy gaz magistralining qurilishi va ishga tushirilishini mintaqa mamlakatlari iqtisodiy hamkorligining yangi yo‘nalishi ochilishi va an’anaviy yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda chuqurlashtirishga xizmat qiladigan mintaqaviy hamkorlikning muvaffaqiyatli misoli sifatida qayd etadilar.

4. Tomonlar milliy xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqib, mintaqada barqarorlikni ta’minlash masalalariga muhim ahamiyat berib, tegishli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida ikki va ko‘p tomonlama asosda xalqaro terrorizmga, siyosiy, diniy va boshqa turdagi ekstremizmga, narkotrafikka, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka, noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi va nolegal migratsiyaga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligini tasdiqlaydilar.

Ushbu maqsadlarda O‘zbekiston va Qozog‘iston tegishli tuzilmalarining o‘zaro hamkorligini takomillashtirish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘radilar, bunga mintaqada barqarorlik va xavfsizlikka tahdid va xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha maxsus dasturlar, shu jumladan, BMT Xavfsizlik kengashi Aksilterror qo‘mitasi, SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi va MDH Aksilterror markazi doirasidagi dasturlar kiradi.

5. Tomonlar Afg‘onistonda tezroq tinchlik o‘rnatish va vaziyatni barqarorlashtirish muhimligini tasdiqlaydilar. Mintaqada joylashgan mamlakatlar va xalqaro tuzilmalar ishtirokida Afg‘oniston masalalari bo‘yicha muzokara jarayonlarini faollashtirishga mo‘ljallangan samarali mexanizmlar yaratish borasidagi tashabbuslarning ahamiyati muhimligini qayd qiladilar.

6. Tomonlar mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash, keng ko‘lamli iqtisodiy loyihalarni, shu jumladan, transport-kommunikatsiya tizimi sohasidagi loyihalarni amalga oshirish vositasi sifatida Shanxay hamkorlik tashkilotining salohiyatini yuksaltirish va mustahkamlash masalalariga yondashuvlari o‘xshashligini ta’kidlaydilar.

Tomonlar SHHT faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlik ushbu Tashkilot ishini faollashtirishga va xalqaro nufuzini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, degan fikrdan kelib chiqadilar.

7. Prezidentlar Markaziy Osiyoda suv-energetika masalalarini muhokama qildilar va bu sohadagi muammolarni, shu jumladan, transchegaraviy daryolarda yangi gidroenergetik inshootlar qurish masalalarini xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga muvofiq va mintaqadagi barcha davlatlar manfaatlarini hisobga olgan holda hal qilish zarurligini ta’kidlaydilar.

Tomonlar mintaqadagi barcha davlatlar ekologik va texnogen xavfsizlikni ta’minlashni, shuningdek, transchegeraviy ta’sir etadigan yangi gidroenergetik inshootlarni qurishda suv oqimlarining hajmi va rejimini saqlash masalalarini mustaqil xalqaro ekspertiza o‘tkazish asosida kelishib olishlari zarurligini ta’kidlaydilar.

8. Davlatlar rahbarlari gumanitar sohada, shu jumladan, madaniyat, ilm-fan, ta’lim, axborot sohasida o‘zaro hamkorlik qilishda, jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishda, madaniyat-axborot markazlari faoliyatini rag‘batlantirishda hamkorlikning ahamiyati muhimligini qayd qiladilar.

9. Prezidentlar bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar, shuningdek, tashrif davomida imzolangan muhim ikki tomonlama hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatdorlik asosida o‘rnatilgan an’anaviy do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga ko‘maklashishiga ishonch bildiradilar.

10. Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti N.A.Nazarboyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovga, butun O‘zbekiston xalqiga Qozog‘iston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini o‘zi uchun qulay vaqtda Qozog‘istonga tashrif buyurishga taklif qildi. Tashrif muddati diplomatik kanallar orqali kelishiladi.

I.A.Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

N.A.Nazarboyev, Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti

Toshkent shahri, 2010 yil 17 mart



작성일 : 2010. 03. 19

조회수 0회

최근 게시물

Comments


bottom of page