top of page
검색
작성자 사진ICAS HUFS

타쉬켄트에서 열린 "세계음식박람회"와 "세계농업박람회"



Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuida “WorldFood 2010” – oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, qadoqlash vositalari va uskunalarining o‘ninchi hamda “AgroWorld 2010” – qishloq xo‘jaligi texnologiyalarining beshinchi xalqaro ko‘rgazmasi ochildi., 24.03.2010 19:37

타쉬켄트에서 식료품, 음료, 음식포장 방법과 장비 중심의 제 10회 "2010 세계음식박람회"와 제 5회 농업 기술의 국제적 박람회 "2010 세계농업박람회"와 같은 국제 전시회가  열렸다.

본 행사는 우즈베키스탄 농수산업부, 무역국, 기름과 식료품 산업 기구, "우즈벡 와인 산업" 기업, 타쉬켄트 시 소속 "ITE 우즈베키스탄"과 "I.T.E. 전시회와 컨퍼런스 Ltd"(영국)와 같은 국제 전시회 기업들의 협력으로 개최되었다.

전시회에는 우즈베키스탄, 일본, 러시아, 중국, 카자흐스탄, 독일, 스페인, 이탈리아, 스위스, 오스트리아, 네덜란드, 터키, 폴란드, 이스라엘, 말레이시아, 싱가폴 등의 30여개국으로부터 100개 이상의 기업이 각 기업의 상품들과 서비스들을 선보이며 참가하였다.

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz” majmuida “WorldFood 2010” – oziq-ovqat mahsulotlari, ichimliklar, qadoqlash vositalari va uskunalarining o‘ninchi hamda “AgroWorld 2010” – qishloq xo‘jaligi texnologiyalarining beshinchi xalqaro ko‘rgazmasi ochildi.

Tadbirlar O‘zbekiston Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Yog‘-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi, “O‘zvinosanoat-xolding” xolding kompaniyasi, Toshkent shahar hokimligi tomonidan “ITE Uzbekistan” va “I.T.E. Exhibition & Conferences Ltd” (Buyuk Britaniya) xalqaro ko‘rgazma kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tadbirda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida barcha jabhalar qatori agrar sohada olib borilayotgan izchil islohotlar qishloq xo‘jaligida mahsuldorlikni oshirish, tarmoqda zamonaviy texnika va texnologiyalardan oqilona foydalanish, eksport salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Yurtimizdagi qulay sarmoyaviy muhit xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirishda, zamonaviy texnologiyalarni jalb etishda muhim omil bo‘layotir.

Ko‘rgazmalarda O‘zbekiston, Yaponiya, Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Shveysariya, Avstriya, Niderlandiya, Turkiya, Polsha, Isroil, Malayziya va Singapur kabi o‘ttizga yaqin mamlakatdan yuzdan ziyod kompaniya o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etmoqda.

Mamlakatimizning oziq-ovqat sanoati va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirish uchun chet el sarmoyasini yanada keng jalb qilishga xizmat qilayotgan mazkur xalqaro ko‘rgazmalar ishtirokchilari soni yildan-yilga ortmoqda. Agar “WorldFood Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmasida 2005 yilda 13 mamlakatdan 50 kompaniya ishtirok etgan bo‘lsa, joriy yilda 25 mamlakatdan 80 ga yaqin kompaniya ishtirok etayotir.

Konservalangan va dudlangan baliq mahsulotlari ishlab chiqaradigan Kolumbija Ltd (Latviya), palma yog‘lari tayyorlaydigan Erapoly (Malayziya), oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uskunalari bilan qatnashayotgan Ruland (Polsha), shokolad ishlab chiqarish texnologiyasini taklif etayotgan Martin Lioveras (Ispaniya) mazkur ko‘rgazmaning debutantlari hisoblanadi. Unda meva-sabzavotni qayta ishlash, go‘sht, sut, non, qandolat va yog‘ mahsulotlari, chanqovbosdi ichimliklar va sharbatlar ishlab chiqaruvchi ko‘plab mahalliy kompaniyalar ham qatnashmoqda. Xususan, Agromir korxonasi sharbatlar, konservalangan mahsulotlar, Euro Food Group mas’uliyati cheklangan jamiyati kolbasa va go‘shtli mahsulotlar, Fayz Dekor Biznes qo‘shma korxonasi esa shokoladli konfetlar va boshqa qandolatchilik mahsulotlarini namoyish etmoqda. Ta’kidlash joizki, tomat pastasi, mayiz va boshqa turdagi quruq meva tayyorlashda mamlakatimiz dunyoda yetakchi o‘rinlardan birida turadi. Yurtimizda ishlab chiqarilgan, bejirim qadoqlangan oziq-ovqat, qandolat, qayta ishlangan go‘sht, sut va boshqa mahsulotlar ham tabiiy sofligi, yuqori sifati bilan ko‘rgazma ishtirokchilari e’tiborini jalb etmoqda.

– Korxonamiz shifobaxsh, dorivor o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlash bilan shug‘ullanadi, – deydi Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi “Mehrigiyo” kichik korxonasi direktori Alijon Abdurazzoqov. – Mahsulotlarimiz tabiiy sofligi uchun 2007 yilda “Tashabbus” ko‘rik-tanlovining mamlakat bosqichida “Ekologik toza texnologiya” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgandik. Ushbu ko‘rgazmalarga ham tabiiy dorivor o‘tlar bilan boyitilgan 42 turdagi ko‘k va qora choy namunalarini olib keldik. Mahsulotlarimizga ko‘pchilik qiziqish bildirmoqda.

“AgroWorld 2010” ko‘rgazmasida ko‘plab turdagi mahsulotlar va ichimliklar ishlab chiqarish hamda qadoqlashning so‘nggi texnologiyalari, parrandachilik uskunalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi, urug‘lik, o‘simliklarni himoya qilish vositalari, veterinariya jihozlari va ularga oid barcha yangiliklar bilan ham tanishish mumkin.

Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida erishilgan yutuq va natijalarni sarhisob qilish, fikr va tajriba almashish, o‘zaro manfaatli shartnomalar imzolashda beshinchi marta o‘tkazilayotgan ushbu ko‘rgazma muhim ahamiyat kasb etadi. Unda Belarus, Germaniya, Litva, Ukraina, Rossiya kabi sakkiz mamlakatdan 22 kompaniya o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etayotir.

Besh bo‘limdan iborat ko‘rgazmalardan qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalari, oziq-ovqat mahsulotlari hamda qayta ishlash, chorvachilik, chorva ozuqasi, veterinariya va agrokimyo sohasida qo‘llaniladigan vositalar keng o‘rin egallagan. Shu bois ko‘rgazmalar yirik sanoat korxonalari rahbarlari va mutaxassislari, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. Buni tadbir boshlangan dastlabki kuniyoq ko‘plab shartnomalar imzolangani ham ko‘rsatib turibdi.

Mazkur xalqaro ko‘rgazmalarning tashkil etilishi agrosanoat tarmoqlari va qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasida, o‘simliklarni muhofaza qilishdagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish, eng muhimi, mamlakatimiz bozoriga chet el sarmoyadorlarini jalb etish, jahonning ilg‘or texnika va texnologiyalarini yurtimizga olib kelish imkonini beradi.



작성일 : 2010. 03. 24

조회수 0회

최근 게시물

Comments


bottom of page