top of page
검색
작성자 사진ICAS HUFS

'타슈켄트 2200주년' 기념앨범 출간



O‘zA, 31.08.2009 13:52

* 우즈베키스탄의 수도인 타슈켄트 2200주년을 맞이하여 '타슈켄트-2200 (Toshkent-2200)' 이라는 이름의 기념 앨범이 출간되었다. 앨범은 이슬람 카리모프 대통령의 글을 시작으로, 2200년을 거친 타슈켄트의 역사와 그 명성에 대해 자세히 서술되어 있다.

 

“O‘zbekiston” nashriyot-matbaa uyi tomonidan Toshkent shahrining qutlug‘ to‘yiga bag‘ishlab “Toshkent-2200” albomi nashr qilindi.

 Albom Prezidentimiz Islom Karimovning mamlakatimiz poytaxti haqidagi fikrlari bilan boshlanadi. Yurtboshimizning fikrlarida, jumladan, shunday deyiladi: “Yigirma ikki asr avval vujudga kelgan, Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan, o‘zining muhim jug‘rofiy va geosiyosiy o‘rni, dunyo sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan haqli ravishda “Sharq darvozasi” deb nom olgan Vatanimiz poytaxti – azim Toshkent serquyosh O‘zbekistonimizning boy tarixi va betakror ko‘rku tarovatini o‘zida yaqqol namoyon etadi”.

Noyob tarixiy suratlar va materiallar, chuqur ilmiy xulosalar, zamonaviy dizayn san’ati va matbaachilik yutuqlari asosida tayyorlangan ushbu albom uch bobdan iborat. “Toshkent qadimda va o‘rta asrlarda” deb nomlangan dastlabki bobda Toshkent vohasidagi eng ko‘hna odamzot manzilgohlari, u yerlardan topilgan mehnat qurollari, qoyatoshlarga ishlangan rasmlar, fil suyagidan yasalgan haykalcha va boshqa tarixiy osori atiqalar haqida atroflicha fikr yuritiladi. Shuningdek, Shoshtepa, Yunusobod Oqtepasi, Mingo‘rik, Binkat, Qanqa shahristonlarining tarhi aks ettirilib, shahar va uning atrofidagi hududlarda yuz bergan tarixiy-madaniy jarayonlar haqida hikoya qilinadi. Shu bilan birga, Toshkent shahrida islom madaniyatining rivojlanish bosqichlari tahlil qilinib, milliy me’morchiligimizning mumtoz namunalari bo‘lgan Shayx Zayniddin bobo, Shayx Xovand Tohur, Yunusxon va Imom Qaffol Shoshiy maqbaralari, Ko‘kaldosh, Baroqxon va Mo‘yi Muborak madrasalarining suratlari aks ettirilgan.

“Toshkent 1860-1990 yillarda” deb nomlangan ikkinchi bobda tarixiy lavha va suratlar asosida poytaxtimizning XIX asr o‘rtalaridagi hamda chorizm mustamlakasi va sobiq mustabid tuzum davridagi murakkab hayoti haqida so‘z boradi.

Albomning Toshkent shahrining mustaqillik yillaridagi yuksak taraqqiyotiga bag‘ishlangan uchinchi bobi “Bugungi Toshkent” deb ataladi. Bu bobda Toshkent shahrida o‘n sakkiz yil davomida amalga oshirilgan ulkan tarixiy ishlar keng yoritiladi. Davlatimiz rahbari mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab Toshkent o‘zining poytaxt shahar maqomiga, Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik siyosiy-madaniy markaz sifatidagi o‘rni va mavqeiga har tomonlama munosib bo‘lishi uchun uning rivojiga alohida e’tibor berib kelayotgani, shaharni rivojlantirish konsepsiyasi ham aynan shu maqsadga yo‘naltirilgani alohida ta’kidlanadi.

Albom sahifalarini bezab turgan Oqsaroy, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi singari markaziy rahbarlik idoralarining binolari, Mustaqillik maydoni, “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi kabi noyob majmualar, zamonaviy ta’lim, tibbiyot va sport maskanlari, madaniy-maishiy obyektlar, ishlab chiqarish korxonalari, Toshkent ahlining baxtiyor chehralari aks etgan fotosuratlar va yorqin lavhalarda poytaxtimiz qiyofasi mustaqillik yillarida tubdan o‘zgarib, bu azim shaharning O‘zbekiston poytaxti degan yuksak maqomga har tomonlama munosib bo‘lib borayotgani o‘z ifodasini topgan.

Muxtasar aytganda, albomda mamlakatimiz poytaxtining 2200 yillik tarixi, bugungi va kelajak taraqqiyoti to‘g‘risida, uning shon-shuhratini asrlar sinovidan munosib olib o‘tib, yangi va sermazmun sahifalar bilan boyitayotgan mehnatkash el, fidoyi va ulug‘ insonlar haqida hikoya qilinadi. O‘zbek, rus va ingliz tillarida chop etilgan bu albom Toshkent bilan yaqindan tanishish, bu shaharning o‘ziga xos ruhi va qiyofasi, ta’bir joiz bo‘lsa, uning fenomeni – asl tabiati va xosiyatini yanada chuqurroq tushunish va anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.



작성일 : 2009. 08. 31

조회수 0회

최근 게시물

Comentários


bottom of page